Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, AZAL samolyoti “Rossiya tomonidan urib tushirilgan” deb “aniq aytish mumkin”. U Rossiya tomonini “masalani bostirishga” urinishda aybladi. Rossiya aybini tan olishi va Ozarbayjon hamda jabrlanganlarga tovon to‘lashi kerak, dedi u.
Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan “Fojiali hodisa (samolyotning qulashi) Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani munosabati bilan” uzr so‘radi. Kreml bu vaqtda Rossiyaning havo hujumidan mudofaa vositalari ish olib borganini tan oldi.
Uzbekistan Airways ayni paytda Rossiyaning Grozniy, Maxachqal’a va boshqa shaharlariga parvozlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Avvalroq bir qator aviakompaniyalar Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uchragandan so‘ng Rossiyaning ba’zi shaharlariga parvozlarni to‘xtatgan edi.
Halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti “fizik va texnik aralashuv"ga uchragan, ta’kidladi aviakompaniya. U qator Rossiya shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi. OAVga ko‘ra, halokatga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan. Rosaviatsiya shu kuni Ukraina dronlari hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
Ozarbayjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti qulashiga Rossiya raketasi sabab bo‘lganini tasdiqladi, deb yozmoqda Euronews. Bu vaqtda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina dronlarini urib tushirmoqchi bo‘lgan. Raketa esa samolyot yonida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi layneri halokati munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi. Shuningdek, barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev. 29 kishi, jumladan, 3 bola shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston prezidenti Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istonda qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirdi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boku-Grozniy reysi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi tirik qolgan, ulardan 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting